Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ittifoq» va «Kamalak»ka yangi sardorlar saylandi

«Ittifoq» va «Kamalak»ka yangi sardorlar saylandi

Joriy yilning 7-9-noyabr kunlari Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlarining Respublika saylovi o‘tkazildi.

Saylovda o‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ham ishtirok etdi.

Har bir sardor “Agar men Respublika sardori bo‘lsam...” shiori ostida amalga oshiriladigan loyihalarini bayon etib berishdi.

Mazkur loyihalarda har bir yoshning o‘z dunyoqarashi, ijtimoiy hayotda bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabati, tengdoshlarining vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida o‘rtaga tashlagan takliflari aks etdi.

Loyihalar taqdimotidan so‘ng hududiy sardorlar o‘zlari ma’qul ko‘rgan sardorlarga yozma tarzda ovoz berishdi.

To‘plangan ovozlar natijalariga ko‘ra, Respublika “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari aniqlandi.

Respublika “Kamalak” sardori etib, jizzaxlik Dilshodbek Sharopov, “Ittifoq” sardori etib, navoiylik Javohir Husenov saylandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Sardorlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida esa Sirdaryo viloyatining sardori Yorqinjon Hayitboyev faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

— Respublika “Kamalak” sardori etib, jizzaxlik Dilshodbek Sharopov saylangani biz uchun ham sharaf, ham mas’uliyat, — dedi Yoshlar ittifoqi Jizzax shahar kengashi raisi o‘rinbosari, viloyat "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Shohida Damanova. — Dilshodbekni sentyabr oyida viloyatning chekka tumanidan viloyat sardorligiga saylagan edik. Bu ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. O‘ylaymanki, bugun saylangan boshqa sardorlar ham o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib, mamlakat ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadilar. Eng muhimi, yoshlar bilan yangicha yondashuvlar asosida ishlab, O‘zbekistondagi har bir yosh yigit-qizning ko‘ngliga yo‘l topishga harakat qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring