Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fanlar akademiyasi my.gov.uz xizmatlaridan qanday foydalanadi?

O‘zbekistonda ilm-fan va oliy ta’lim sohasini tubdan modernizatsiya qilish, byurokratik to‘siqlarni keskin qisqartirish hamda shaffoflikni ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashlanmoqda. “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) o‘rtasidagi hujjat almashinuvi to‘liq elektron formatga o‘tkaziladi. Eng muhimi, bu jarayonda inson omili to‘liq istisno etilib, barcha bosqichlarning xolisligi va tezkorligi ta’minlanadi.

Yaqin kelajakda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) bazasida quyidagi muhim jarayonlar yo‘lga qo‘yiladi:

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri portal bazasiga o‘tkazilib, ularning uzluksiz va shaffof ishlashi ta’minlanadi.

Izlanuvchilarga ilmiy daraja va unvonlar berish bilan bog‘liq barcha amaliyotlar raqamli muhitda elektron tarzda amalga oshiriladi.

Olimlar va tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy daraja hamda unvonlar diplomini ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz, istalgan vaqtda Davlat xizmatlari markazlari yoki bevosita my.gov.uz portali orqali olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu islohot ilmiy jamoatchilik vakillari uchun vaqtni tejash, ortiqcha qog‘ozbozlik va idoralararo sarsonagarchiliklarga barham berish barobarida, mamlakatimizda raqamli hukumat xizmatlarining qamrovi yanada kengayib borayotganining yaqqol namunasidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring