Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Kutilayotgan yog‘ingarchilik sabab tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

2024-yil 6-12 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. 

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Shuningdek, 7-8 fevral kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi  15 – 20 m/s gacha kuchayishi avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring