Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqda xonadonlardagi jo‘mraklardan qonli suv oqdi: vaziyatga izoh berildi

Olmaliqda xonadonlardagi jo‘mraklardan qonli suv oqdi: vaziyatga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmaliq shahrining «Ramazon» mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi jo‘mraklaridan qonli suv oqishi kuzatilgan.

Shahar hokimligining «Suv ta’minoti» korxonasi mas’ullariga tayanib ma’lum qilishicha, bu kushxonadagi oqova suv va ichimlik suv quvurining teshilib, o‘zaro qo‘shilib ketishi sababli kuzatilgan.

«Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring