Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili 74 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan

O‘tgan yili 74 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan

O‘tgan yili jami 33 942 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib (6,8 mingtasi davlat va 27,2 mingtasi nodavlat), respublikadagi 2,9 mln nafar bolalardan 2,2 mln nafari yoki 74 foizini qamrab olgan.

Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lum qildi.

Agentlik rasmiysining bildirishicha, bu ko‘rsatkichlarga, jumladan, chekka hududlarda maktabgacha ta’limni rivojlantirish orqali ham erishilgan.

Misol uchun, maktabgacha ta’lim xizmatlarini tashkil etish maqsadida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga qo‘shimcha 7 ta ISUZU avtobuslari qayta jihozlangan holda yetkazib berilgan. 14 ta mahallalarda tashkil etilgan o‘yin maydonchalarida 42 ta mobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 950 nafarga yaqin bolalar qo‘shimcha qamrab olingan.

Natijada, Respublika bo‘yicha 156 ta MFYlarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU avtobuslarda tashkil etilgan 429 ta «Aqlvoy» mobil guruhlarda 9,5 ming nafar (0,43 foiz) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi.

Shuningdek, YuNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha ta’limning muqobil shakli bo‘lgan 20 ta «Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari» (o‘yin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi.

Jahon banki bilan hamkorlikda «Bolani erta rivojlantirish» loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida «Ilk rivojlanish markazlari» 3 ta model bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (o‘yin guruhlari) bo‘yicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sog‘ligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga tashrif) bo‘yicha 87 ta bolalar qamrab olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring