Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishi mumkin

O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishi mumkin

Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov va BAA IIV rahbari o‘rinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar o‘zaro amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi birgalikda kurashish, mazkur yo‘nalishlarda xodimlarning malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashishni muhokama qildilar hamda istiqboldagi rejalarni belgilab oldilar.

Tashrif doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va almashish to‘g‘risida»gi Anglashuv memorandumi ikki davlat ichki ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.

Mazkur Anglashuv memorandumining kuchga kirishi bilan har ikki davlat fuqarolari o‘zlarining milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ikkinchi tomon davlatining hududiga tashrif buyurgan davrda (uzoq muddatga yashash uchun kelganlar bundan mustasno) transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, BAA rezidenti bo‘lgan (uzoq muddat yashash huquqini olganlar) milliy haydovchilik guvohnomasiga ega O‘zbekiston fuqarolari esa Amirliklar haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida tegishli nazariy va amaliy sinovlarni topshirishdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

Hujjat 2024-yilning 27-yanvar kunidan kuchga kirishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston IIV delegatsiyasi BAA Ichki ishlar vazirligi tizimidagi qator muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring