Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq baxshisi vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi vafot etdi

Xorazm baxshichilik san’ati ustunlaridan biri, «O‘zbekiston Xalq baxshisi» unvoni hamda «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Qalandar baxshi (Ro‘zimboy Normatov) kecha, 29-fevral kuni 73 yoshida vafot etdi.

U 1951-yil 15-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. U 1990-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

2001-yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoni bilan taqdirlangan.

Qalandar baxshi xalq ijodiyotining an’anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qo‘shiqlari va masxarabozlik yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan «Avazxon» folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida ko‘p yillar faoliyat yuritgan. Qalandar baxshi qadimiy dostonlardan «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Tohir va Zuhra», «Oshiq Mahmud», «Sayodxon va Hamro», «Go‘ro‘g‘li» dostonlari turkumiga kiruvchi «Bozirgon», «Avazxon», «Xirmondali» kabi qator dostonlarini kuylash bilan birgalikda, bizgacha faqat mazmunlari orqaligina yetib kelgan qadimiy «Yusuf - Ahmad» dostonining qayta tiklanib ijro etilishiga ham munosib hissa qo‘shgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring