Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish haqidagi taklif bo‘yicha izoh berildi

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish haqidagi taklif bo‘yicha izoh berildi

Bir muddat avval Jahon banki O‘zbekistonda pensiya yoshini 65 yoshga oshirishni taklif qilmoqda, degan mazmundagi xabar berilgan edi. 

Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotan ushbu ma’lumot yuzasidan rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, Jamg‘armada bu borada hech qanday o‘zgarishlar kutilmayapti.

«Pensiya jamg‘armasida hozirda bu borada hech qanday taklif yoki loyiha ko‘rib chiqilmayapti. Shuningdek, bu masala kun tartibida ham emas. Xavotirga o‘rin yo‘q», – deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda pensiya yoshi 55-60 yoshni tashkil qiladi.  

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring