Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlikda gumonlanyapti

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlikda gumonlanyapti

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir etganlik va pora berishda ishtirokchilikda gumonlanyapti.

Bu haqdagi ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Xabar.uz’ga tasdiqladi.

Rasmiy manbaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168  va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmokda.

Kun.uz nashrining yozishicha, «Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonmoqda. U Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgan». 

O‘z navbatida, Savdo-sanoat palatasi mazkur xabarga munosabat bildirib, aybsizlik prezumpsiyasini eslatadi va M.Omonboyevaning o‘z ish o‘rnida faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qiladi.

«Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga huquqni muhofaza qilish organlaridan M.Omonboyevani ishdan chetlashtirish bo‘yicha talabnoma kelib tushmagan va M.Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», – deyiladi SSP axborot xizmati xabarida. 

Biroq, rasmiy munosabatda M.Omonboyevaga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Merey Omonboyeva 2024-yil 6-mart kuni, ya’ni bundan bir oy muqaddam Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.

Tayinlovga qadar u Navoiy shahri «Zarafshon» MFYda hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbaga ko‘ra, Omonboyeva firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonmoqda. U Navoiy shahar hokimi orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, quruvchi tadbirkordan katta miqdorda pul olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring