Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Bugun, 24-dekabr kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yuksak darajaga – strategik sheriklikka erishilganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 30 foizga oshdi, mashinasozlik, to‘qimachilik, pillachilik, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz majmuasi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari faol tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini shakllantirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring