Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Umra» ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

«Umra» ziyoratini tashkil qilishga ruxsat olgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

«Umra» tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilindi.

Mazkur ro‘yxatga joriy yil 1-noyabrdan kuchga kirgan «Umra» tadbirini tashkil etish bo‘yicha yangi talablarga javob beradigan turoperatorlar kiritilgan. Ya’ni ular «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan tegishli bank rekvizitiga zaxira qilib qo‘ygan.

Shuningdek, mazkur xizmatlarni ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Dinshunoslik», «Islomshunoslik», «Islom tarixi va manbashunosligi», «Ziyorat turizmi» va «Islom huquqi» ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tartibda taqdim qilganlar.

Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan (litsenziyaga ega) turoperatorlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring