Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda 49 ta mahalla infratuzilmasi uchun 61 mln dollar jalb qilinadi

Xorazmda 49 ta mahalla infratuzilmasi uchun 61 mln dollar jalb qilinadi

Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha doirasida Bog‘ot, Gurlan, Xonqa, Yangibozor, Hazorasp va Urganch tumanlarida joylashgan 49 ta mahallaga xalqaro moliya tashkilotlari orqali 61 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, 2025-yilda og‘ir ahvoldagi 70 ta mahallaga tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun davlat budjeti hisobidan 233 milliard so‘m ajratildi. Qo‘shimcha ravishda yana 10 ta mahalla tanlab olinib, ularga 15 milliard so‘m yo‘naltirish topshirildi.

Shuningdek, Xorazmda gujum yetishtirish hajmini oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Unga ko‘ra, mahalla, ko‘cha, dala cheti, yo‘l yoqalari, kanal va kollektorlar atrofida 10 million tup gujum ekishni nazarda tutuvchi uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Qolaversa, ushbu hududlarda tut va jiyda daraxtlari ham keng miqyosda ekiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring