Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yil boshidan buyon 4,4 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangani aytildi

Yil boshidan buyon 4,4 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangani aytildi

Joriy yilning 1-oktyabriga qadar Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan 15 903 ta (4 383,4 gektar) holatda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlangan.

Kadastr agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 3 527 ta (3 616,9 gektar) qishloq xo‘jaligi yerlari, 9 589 ta (413,5 gektar) aholi punkt yerlari, 1 446 ta (47,7 gektar) sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar, 9 ta (1,5 gektar) tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar, 58 ta (8,7 gektar) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, 90 ta (34,0 gektar) o‘rmon fondi yerlari, 408 ta (34,2 gektar) suv fondi yerlar, 776 ta (227,0 gektar) zaxira yerlari hisoblanadi.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyatda, 15 903 ta (4 383,4 ga) holatdan 8 216 ta (2 023,9 ga)si qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilgan, 5 070 ta (1 961,1 ga)si fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan, 716 ta (197,9 ga)siga qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan. O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni bartaraf etish yuzasidan 1 404 ta (682,3 ga) holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilingan, 3 639 ta (1 277,8 ga) holatda sud jarayoni davom etmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring