Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 tilni biluvchi insondan 10 ta bebaho maslahat

16 tilni biluvchi insondan 10 ta bebaho maslahat

Kato Lomb

Kato Lomb — vengriyalik professional tarjimon, juda ko‘p tillarni biladi. Ko‘p tillarni darsliklar va badiiy adabiyotlar ustida ishlab, mustaqil o‘rgangan. U til o‘rganish usullarini o‘zining «Men tillarni qanday o‘rganaman» kitobida jamlagan.

1. Til bilan har kuni shug‘ullaning. Agar vaqtingiz tig‘izmi, unda 10 daqiqa ajrating. Ertalab — shug‘ullanish uchun eng yaxshi payt.

2. Hech bir so‘zni asosiy matndan alohida yodlashga urinmang.

3. Hayotda eng ko‘p ishlatishga to‘g‘ri keladigan iboralarni ko‘chirib oling va yodlang.

4. Ko‘zingiz tushgan hamma narsani xayolan tarjima qilishga harakat qiling: reklama yozuvi, ko‘chadagi e’lon, quloqqa tasodifan chalingan gaplar... Bundan hatto charchagan miya ham dam oladi.

5. Til o‘rganish xohishingiz tez so‘nib borayotgan bo‘lsa, tirishishni bas qiling, ammo o‘rganishni tashlab qo‘ymang. Boshqacharoq taktika tanlang: kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz audioga o‘ting, darslikni qo‘yib, lug‘atni qo‘lga oling va hokazo.

6. Ustoz tuzatib bergan narsalarnigina qat’iy yodlash kerak. O‘zingizning bexatoligi ishonchsiz mashqlaringizni yodlashga urinmang: tinmay takrorlash oqibatida mana shu xatolar xotirangizga o‘rnashib qoladi. Ayniqsa, bu tavsiya yolg‘iz shug‘ullanuvchilar uchun juda zarur.

7. Tayyor iboralarni, idiomatik so‘z birikmalarini 1-shaxsda yozib oling va yodlang.

8. Xorijiy til — bir paytning o‘zida hamma tomonidan hujum qilinib, zabt etilishi lozim bo‘lgan qal’a: gazetalar o‘qish, radio tinglash, tarjima qilinmagan filmlarni tomosha qilish, xorijiy tildagi leksiyalarda qatnashish, qo‘llanmalardan foydalanish, xorijliklar bilan yozishmalar olib borish, ajnabiy do‘stlar orttirish — hammasi kerak.

9. Gapirishdan, xato qilishdan qo‘rqmang, aksincha, xatongiz nimadaligini va uni tuzatishlarini so‘rang. Eng asosiysi, sizni «tuzatishsa» xafa bo‘lmang.

10. Nima bo‘lganda ham maqsadingizga erishishingizga, buning uchun irodangiz yetarli ekaniga, tillarni o‘rganishga qobiliyatingiz yetarli ekaniga o‘zingizni ishontiring.


Kato Lomb tilni o‘zlashtirish natijasini aniqlovchi oddiy formulani ham ishlab chiqqan:

Sarflangan vaqt + qiziqish = natija

yoki yanayam aniqroq ifodalaganda:

(sarflangan vaqt + qiziqish) / uyalish (xato qilishdan qo‘rqish) = natija.


Kato Lomb ingliz, fransuz, nemis, rus tillarida erkin (ona tili — vengr tili darajasida) gapirgan, o‘qigan, yozgan. Italyan, ispan, yapon, xitoy, polyak tillarini yaxshi tushungan va so‘zlashgan. Bolgar, rumin, slovak, ukrain, dan, lotin tillarida lug‘at yordamida mutolaa qila olgan.

Darvoqe, 86 yoshli Kato Lomb 54 yoshli tanishini uchratib qolganida unga shunday degan ekan: «Stiv, sen juda yoshsan! Hali qancha tilni o‘rganishing mumkin-a!»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring