Pensiyaga muddatidan avval çiqmoqçimisiz? Buni uyda ötirib hal qilsa böladi
Pensiya yoşiga ozgina qolganda işsiz qoliş katta muammodek tuyulişi mumkin. Ammo sizda qonuniy ravişda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş imkoniyati bor.
Taşkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tugatilgani, şuningdek, xodimlar soni yoki ştati qisqargani sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun my.gov.uz portalida mutlaqo bepul va qulay onlayn xizmat yölga qöyildi. Endi idorama-idora yurişga hojat yöq!
Kimlar muddatidan oldin pensiyaga çiqişi mumkin?
- Erkaklar: 58 yoşdan 60 yoşgaça va kamida 25 yillik mehnat stajiga ega bölsa;
- Ayollar: 53 yoşdan 55 yoşgaça va kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bölsa.
Qanday hujjatlar kerak?
- Mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi buyruq nusxasi.
- Agar mehnat staji maʼlumotlari töliq raqamlaştirilmagan bölsa — mehnat daftarçasi nusxasi.
Xizmat havolasi bu yerda.
Jarayon qanday keçadi?
1. Ariza 2 iş kuni içida körib çiqiladi.
2. Iş qidiruvçi sifatida röyxatga olingan fuqaro maqbul iş taklifini oliş uçun 10 kun içida bandlik bölimiga borişi lozim.
3. Mehnat şartnomasi bekor qilingan kundan boşlab 3 oy içida maqbul iş topib berilmasa, fuqaro belgilangan tartibda işsiz deb eʼtirof etiladi. Şundan söng taqdimnoma rasmiylaştirilib, pensiya tayinlaş uçun Pensiya jamğarmasiga elektron şaklda yuboriladi.
Xizmatdan foydalaniş mutlaqo bepul!


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter