Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sinalgan usullar: kompyuteringizdagi 10 ta qulaylik

Sinalgan usullar: kompyuteringizdagi 10 ta qulaylik

Foto: «Komando.com»

  1. Agarda brauzer sahifasini bexosdan yopib yuborsangiz, Ctrl+Shift+T klavishlarini bosing — qayta ochiladi.
  2. Hamma narsani «Google Docs»da yozing. Shunda siz hech qachon yozganlaringizni yo‘qotmaysiz. «Google» matnlarni har soniyada avtomatik saqlab boradi.
  3. «Caps Lock» yoqilib qolib, siz «Word»da anchagina uzun matnni yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, Shift+F3 klavishlarini bosing — harflar kichrayadi.
  4. «Word»ni Win+R klavishlarini bosib, ochilgan oynada «winword» so‘zini kiritib ham ishga tushirsangiz bo‘ladi.
  5. «Google»da o‘zingizga kerakli kitobni kengaytirilgan qidiruv orqali topsangiz ham bo‘ladi, buning uchun ularning formatlarini ko‘rsating — PDF, DOC, RTF, DjVu.
  6. Qaysidir shahardagi mahalliy vaqtni bilishni istasangiz «Google»ga «what time is it+shahar» yoki «time+shahar» birikmasini kiriting.
  7. Veb-sahifani PDF shaklida saqlash mumkin. Buning uchun brauzerda Ctrl+P klavishlarini bosing.
  8. «Facebook»dagi sahifadan elektron pochta qutisi sifatida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun pochta xabarnomalarini sozlab, o‘z manzilingizga biriktirib qo‘ying.
  9. Agarda sizning «VKontakte»dagi loginingiz — telefon raqamingiz bo‘lsa, parolni istalgan alifboda (lotin yoki kirill) kiritsangiz bo‘ladi.
  10. Agar oila a’zolaringizni bir xonaga jamlamoqchi bo‘lsangiz — routerni o‘chiring ))).  
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring