Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10 yoshli bola qulagan ko‘prikdan qanday omon qolganini aytib berdi

10 yoshli bola qulagan ko‘prikdan qanday omon qolganini aytib berdi

30 oktyabr kuni Hindistonda osma piyodalar ko‘prigi qulab tushdi. Hodisa paytida unda 500 dan ortiq odam bo‘lgan. Omon qolgan 10 yoshli bola hodisa haqida gapirib berdi.

NDTV  telekanali jurnalisti bilan suhbatda bola «ko‘prikda juda ko‘p odam bo‘lganini» ta’kidladi.

U fojia vaqtida arqonni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, yonidagi otasi va onasi bedarak yo‘qolgan.

Tarqalgan videolarda odamlarning ko‘prikni ataylab silkitganini ko‘rish mumkin.

Guvohlardan birining qo‘shimcha qilishicha, ko‘prik odamga «to‘lib-toshgan». Hodisa bir bir soniya ichida ro‘y bergan. «Odamlar bir-birining ustiga tushib, daryoga cho‘kib ketishdi», deydi u.

150 yillik ko‘prik yetti oylik rekonstruksiyadan so‘ng ochilgandi. Hind nashrlarida aytilishicha, ko‘prik xavfsizlik sertifikatisiz foydalanishga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring