Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«102» raqamiga ulana olmayapsizmi?

«102» raqamiga ulana olmayapsizmi?

Toshkent shahar IIBB «102» shoshilinch raqamiga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va tutib turish tizimi modernizatsiyalanayotgani munosabati bilan qo‘shimcha ikkita telefon raqamini ajratdi.

IIBB ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning shikoyatlari sababli ana shunday yo‘l tutdi. Ular ba’zan «102» shoshilinch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasliklari: u yo «band» bo‘lishi, yo dastakni ko‘tarmasliklari haqida yozganlar. 

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida navbatchilik qismida qo‘shimcha ikkita telefon raqami ajratildi, ular orqali qo‘ng‘iroq qilib, hodisa va jinoyatlar haqida xabar berish mumkin:

(+998) 71 232-30-40;

(+998) 71 232-40-50.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring