Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11-iyul – shokoladxo‘rlar kuni!

11-iyul – shokoladxo‘rlar kuni!

Bugun, 11 iyul kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro shokolad kuni nishonlanmoqda. Bu bayram fransuzlar tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, 1995 yildan buyon nishonlab kelinadi.

Bu kunda ba’zi mamlakatlarda shokolad kuniga bag‘ishlangan festivallar va boshqa bayramlar o‘tkaziladi. Shokolad ishlab chiqaruvchi zavodlar, qandolat fabrikalarida ekskursiyalar uyushtirilib, mehmonlarga shokolad tarixi, uning nimadan tayyorlanishi haqda ma’lumotlar beriladi, degustatsiyalar o‘tkaziladi.

Shokolad ta’mi va foydali moddalarga boyligi bilan shirinliklar orasida eng mashhuri. Qora shokolad endorfin moddasi – baxt gormonining ajralishiga yordam beradi va kayfiyatni ko‘taradi.

Agar shokolad jonu dilingiz bo‘lsa, demak bugun sizning bayramingiz. Bayramingiz bilan, shokoladxo‘rlar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring