Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 yoshli nemis nega islomni qabul qildi?

19 yoshli nemis nega islomni qabul qildi?

Foto: «DPA»

«Focus.de»ning yozishicha, Quyi Saksoniyaning Lyuxov shahrida yangi masjid bor. Bu yerga juma namoziga keluvchi ko‘plab musulmonlar orasida 19 yoshli Maks Klaynni ham uchratasiz.

Nemis millatiga mansubligi yuz-ko‘zidan bilinib turgan Maks ikki yil oldin, 17 yoshida islomni qabul qilgan. Bu voqea u Vendlanddagi qochoqlar lagerida ko‘ngilli bo‘lib ishlayotganida yuz bergan. «Allohning o‘zi seni bizga yordamga yubordi», — livanlik ayol inglizchalab aytgan shu bir og‘iz jumla Maksning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Va u nima bo‘lishidan qat’i nazar islomni qabul qilishga ahd qildi.

Maks doim boshqalardan ajralib turganiga iqror bo‘ladi. Hatto kasbiyam — tish do‘xtiriga odatda ayollar yordamchi bo‘lishadi. Maksning aytishicha, xo‘jayin assistent-musulmonga qarshi emas. Faqat Ramazon oyi bo‘lgani uchun sal tashvishda.

Yosh nemisni islomga nima undadi? Maks buni aniq tushuntirib berolmaydi. Balki qochoqlarda ko‘rgani — Xudoga so‘zsiz ishonish va sodiqlikdir? Qochoqlar lagerida unga Yafer degan nom berishdi, bu yordamchi degani.

«Menga o‘xshaganlarni ko‘pincha terrorchi deb hisoblashadi. Ammo bu xato. Aslida odamlarga xayrixohlik va ko‘mak berish islomning asosiy qoidalaridan biri», — deydi Maks.

O‘g‘lining qarori, albatta, ota-onasi uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Ammo endi uni tushunishadi.

«Musulmon bo‘lish niyatimni eshitib do‘stlarim yuz o‘girdi, ammo men yangilarini topdim», — deydi Maks.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring