Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

28-fevral kuni Toshkentda fermer ayollarning muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

28-fevral kuni Toshkentda fermer ayollarning muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi «Wyndham» mehmonxonasi/

Foto: «Mice-uzbekistan.uz»

2018-yil 28-fevral kuni Toshkent shahridagi «Wyndham» mehmonxonasida «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalar yili» davlat dasturi ijrosi doirasida zamonaviy yuqori texnologiyalar asosidagi innovatsion g‘oyalarni qishloq xo‘jaligiga tadbiq etish, bu boradagi mavjud muammolar yechimini topish maqsadida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasidan ma’lum qilishdi.

Fridrix Ebert fondi bilan hamkorlikda tashkillashtirayotgan ushbu tadbirda fermer ayollar va dehqon xo‘jaliklarini yuritayotgan ayollarga mavjud muammolarni bartaraf etilishida ko‘maklashish, ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash, qo‘l mehnatini kamaytirish, fan va texnikaning eng ilg‘or yangiliklarini qo‘llagan holda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini bir necha barobarga oshirish masalalari muhokama etilishi kutilmoqda.

Konferensiyada qishloq xo‘jalik, innovatsion rivojlanish vazirliklari va sohaga aloqador idora va tashkilotlar, ilmiy tekshirish muassasalari, xalqaro institutlarning mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan vakolatxonalari, O‘zbekistonning ilg‘or fermer ayollari va OAV vakillari ishtirok etishi rejalashtirlgan.

Konferensiyada qishloq xo‘jaligidagi innovatsion biznes modellar sohasida faoliyat yurituvchi yetuk mutaxassislar o‘zlarining tajriba va taklif mulohazalari, ish natijalari bilan o‘rtoqlashishi ko‘zda tutilgan. Tadbirda fermer ayollarning innovatsion imkoniyatlari taqdimoti o‘tkazilib, yakunda fermer ayollar va investorlar bilan innovatsion hamkorlikni kengaytirish, qishloq joylarida istiqbolli inklyuziv biznes-loyihalarni amalga oshirish, fermer ayollar ishlab chiqarishiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish tizimli mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib tegishli davlat organlariga taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring