Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30 soniyada quvvatlanadigan yangi turdagi akkumulyator yaratildi

30 soniyada quvvatlanadigan yangi turdagi akkumulyator yaratildi

Foto: «iPhones.ru»

Koreyaning ilg‘or fan va texnologiyalar instituti tadqiqotchilari suv asosida yangi akkumulyator nusxasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning ixtirosi hozirda mavjud qurilmalardan 100 barobarga ustun. Shuningdek, akkumulyatorlar sig‘imi ham katta bo‘lib, 30 soniya ichida quvvatlanadi, yuqori xavfsizlikka ega hamda uzoq xizmat qiladi, deb xabar berdi «4PDA».

Koreyalik tadqiqotchilar yangi akkumulyatorlar uchun maxsus samarali anod va katod konstruksiyasini yaratdi. U suv asosidagi elektrolit muhitida ishlaydi. Tajribalar davomida mutaxassislar grafenli polimerdan tayyorlangan ikkita plastinani yaratib, ularning yuzasiga ko‘plab mikroblarni joylashtirib chiqdi. Anodda ular bo‘sh bo‘lgan vaqtda, katodda — nikel oksidining nanozarrachalari bilan to‘la bo‘lgan. Bu kabi tuzilma akkumulyator sig‘imini 100 marotaba oshirishga xizmat qiladi.

Tadqiqotchilar yangi texnologiyani endi o‘rganishni boshlagani sabab, hozirda mavjud prototiplarning quvvati faqatgina svetodiodlarni yoritishga yetadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda shu turdagi arzon akkumulyatorlar ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring