Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3D printerda chiqarilgan uyda ilk bor odamlar yashay boshladilar (foto)

3D printerda chiqarilgan uyda ilk bor odamlar yashay boshladilar (foto)

Foto: «Realt.onliner.by»

Niderlandiyalik er-xotin to‘liq 3D texnologiyasi yordamida barpo etilgan Yevropadagi birinchi uyga ko‘chib o‘tdi, deya xabar berdi «The Guardian».

Eliza Luts va Xarri Dekkers o‘zlarining raqamli kalitini oldishdi — u kirish eshigini ochish imkoniyatini beruvchi dasturga ega, deb yozadi gazeta.

«Mazkur uy bu turdagi binoda yashash huquqini beruvchi birinchi uy hisoblanadi. Dastlab birinchi uylar 2019-yilda paydo bo‘lishi rejalashtirilgandi, ammo me’moriy loyihaning murakkabligi bois muddatlar qoldirildi. Loyiha Eyndxoven texnika universiteti va Vesteda uy-joy korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi», — deya ma’lum qildi «360» telekanali.

Turar joy 94 kvadrat metrni tashkil etadi, uning ikkita yotoqxonasi mavjud. Uy tosh shakliga ega bo‘lib, 24 beton elementdan iborat. Binoni yaratishga 120 soat vaqt ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring