Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

41 nafar tinglovchi Inha universiteti talabasi bo‘ldi

41 nafar tinglovchi Inha universiteti talabasi bo‘ldi

Foto: «Inha.uz»

Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kursi tinglovchilarining 41 nafari 2018-yilning 19-iyun kuni o‘tkazilgan yakuniy imtihonlarning natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universitetiga qabul qilinishdi. 

IUTning Uzluksiz ta’lim markazi matematika, fizika va ingliz tili kabi fanlardan o‘quv kurslarini taklif etadi.

Markaz tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilarni jalb qiladi hamda o‘quv jarayonini qattiq nazorat qiladi. Har uch oylik muddatda tinglovchilar oraliq nazorat topshirishadi va undan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilargina o‘qishni davom ettirishadi.

2017-2018-o‘quv yili boshida 460 nafarga yaqin yoshlar bir yillik va ikki yillik tayyorlov kurslariga ro‘yxatdan o‘tishdi va ularning faqatgina 147 nafari yakuniy imtihonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2018-yilning 19-iyun kuni Koreya Respublikasidagi Inha universitetining mutaxassislari tomonidan matematika va fizika bo‘yicha yakuniy imtihonlar o‘tkazildi. 

Imtihon savollari Janubiy Koreyada tayyorlandi va imtihondan bir kun avval O‘zbekistonga olib kelindi. Imtihonda har bir fanga bir soatdan vaqt ajratildi.

2018-yilning 2-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kursi tinglovchilari orasida 2018-yilning 19-iyun kuni o‘tkazilgan yakuniy imtihonlarning natijalarini e’lon qildi. Imtihon natijalariga ko‘ra, tinglovchilarning 34 nafari «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetiga va 7 nafari «Logistika» fakultetiga kirdi. 

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshira olmagan tinglovchilar Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatini saqlab qolishadi. Buning uchun ular 2018-yilning 19-20-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari zarur.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar 9-iyulga qadar barcha zarur hujjatlarni topshirishlari zarur. 

Ma’lumot uchun: 2017-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi Tayyorlov kursi tinglovchilarining 94 foizi talaba bo‘lishdi. Jumladan, 73 foiz tinglovchilar IUT ga kirishdi. Markaz xodimlari bu yil mazkur ko‘rsatkich yanayam yuqoriroq bo‘lishiga umid qilishmoqda. 

Solishtirish uchun: 2016-yili Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kursi tinglovchilarining 82 foizi talaba bo‘lishdi, ularning 61 foizi IUT ga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring