Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

5000 AQSh dollari evaziga «o‘qishga kiritib» qo‘ymoqchi bo‘lgan «hojatbaror»ga nisbatan hukm o‘qildi

5000 AQSh dollari evaziga «o‘qishga kiritib» qo‘ymoqchi bo‘lgan «hojatbaror»ga nisbatan hukm o‘qildi

Foto: «Sputnik»

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi Ma’ruf Agzamov (ism-shariflar o‘zgartirilgan — muallif)  kirakash. Tirikchilik jarayonida necha xil odamlarga duch kelmaydi, deysiz. Ittifoqo, kunlarning birida mashinasiga Jizzax Davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Dono Toirova chiqib qoldi.

Aytilgan manzilga yetguncha u yoq-bu yoqdan gaplashib ketildi. Gapdan gap chiqib, Ma’ruf mijozi qayerda ishlashini bildi. Keyinroq Donoga yana xizmat ko‘rsatishga to‘g‘ri keldiki, bu jarayondagi suhbatlar uning nazdida domla bilan yana-da yaqinlashtirdi go‘yo. Institut o‘qituvchisi bilan sinashta bo‘lib qolish qanday yaxshi. Bolasini pul bilan oliy o‘quv yurtiga kiritish ilinjida yurganlar kammi? Shulardan bittasi bilan ish o‘xshab qolsa,  qancha foyda qilishini o‘zicha chamalab ko‘rdi. Bitta «operatsiya»da kirakashlik qilib bir yilda topmagan pulga ega bo‘lish mumkin ekan...

Vaholanki, uning «o‘qishga kiritish» xususida Dono unga boshqacha gap aytgandi. Ya’ni, abituriyentlarni oliy o‘qyv yurtlariga bo‘lib o‘tadigan test imtihonlariga tayyorlaydigan tanishlari borligi, o‘qishga kirish niyatida bo‘lgan tanishlari bo‘lca, ular tayyorlaydigan gypyhga olib borishni tavsiya etgan edi, xolos. Biroq pochaga chang tekkizmay katta pulli bo‘lish ilinji M.Agzamovni ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib qo‘ygandek edi. Yo‘qsa, o‘zi tuzukroq tanimaydigan Hosila Jo‘rayevaga qizingizni 5.000 AQSh dollari evaziga o‘qishga Jizzax Davlat pedagogika institutning «Tarix» fakultetiga kiritib qo‘yaman, tanishlar serob, deya  aldarmidi? 

Soddagina ayol uning gapiga chippa-chin ishonib, avvaliga 2.500 AQSh dollari berdi. Qolganiga pul topolmay garov tariqasida tilla taqinchoqlarini tutqazdi. Biroq bu M.Agzamovga ko‘pam yoqmadi. «Qolganini tezlating», deb ayolning hol-joniga qo‘ymadi. Uning qistalang qilaverishi H.Jo‘rayevada shubha uyg‘otdi, yigit o‘lgurning o‘zini tutishi sal boshqa edi-da. Voqelik shu tarzda davom etsa, qizi o‘qishga kirishi tugul, naqd bergan puli-yu taqinchoqlariga kuyibgina qolishi mumkinligini his etdi. Va...

...O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jizzax viloyat boshqapmaci xodimlari tomonidan fyqapo Hosila Jo‘rayevaning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ma’ruf Agzamov ayoldan 2.500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi...

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2018-yil 13-noyabr kungi xukmiga asosan M.Agzamov O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

E.Qarshiyev, 
jinoyat ishlari bo‘yicha 
Jizzax shahar sudining sudyasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring