Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

60 kishining qotili — «manyak-militsioner» umrbod ozodlikdan mahrum etildi

60 kishining qotili — «manyak-militsioner» umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Foto: TASS

Rossiyaning Irkutsk viloyati sudi sobiq ichki ishlar xodimi Mixail Popkovni oltmishta qotillik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shuningdek, sud uni militsiya kichik leytenantni unvonidan ham mahrum qilgan.  Gap shundaki, ilgariroq chiqarilgan boshqa hukmda (unda M.Popkov 22 nafar fuqaroni o‘ldirganlikda aybdor deb topilgandi!) sud  mahkumni maxsus  unvonidan mahrum etmagan edi, natijada unga oyiga 24 ming rubl nafaqa to‘lab kelinavergan.

Hukmga ko‘ra, M.Popkov barcha qotillliklarni 1994-2000-yillar oralig‘ida sodir etgan. Bu vaqtda u Irkutsk viloyatining Angarsk shahri ichki ishlar bo‘limida ishlardi. U 1998 yilda tizimdan bo‘shab ketgach ham jinoyat sodir etishda davom etavergan.

O‘sha paytlari Angarskda ayollar bedarak yo‘qolishi holatlari tez-tez sodir bo‘lar, keyinroq ularning jasadlari turli hududlarda zo‘rlash va qiynab o‘ldirish alomatlari bilan topilardi. O‘tgan vaqt davomida gumondorni aniqlashni uchun o‘ttiz ming nafar fuqaroni tekshirishga to‘g‘ri kelgan. Nihoyat, M.Popkov 2012-yilda qo‘lga olinadi. Avvaliga uch nafar ayolni o‘ldirganini tan olgan mahkum  keyinchalik boshqa qotilliklariga ham iqror bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, tergov-surishtiruv jarayonida ekspertlar M.Popkovda ruhiy muvozanat buzilishi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini aytishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring