Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir vaqtning o‘zida 7 ta tumanga IIB boshliqlari tayinlandi

Bir vaqtning o‘zida 7 ta tumanga IIB boshliqlari tayinlandi

IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, vazirlik tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Podpolkovnik Baxtiyar Torebekov Ismandiyarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Iskenderov Polat Konisbayevich Shumanay tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Podpolkovnik Kamalov Jasurbek O‘razbayevich Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan bo‘lsa, podpolkovnik Saliyev Isak  Kegeyli tumani IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Jo‘raqulov Bunyod Orziqulovich Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB, podpolkovnik podpolkovnik Hamidov Doniyor Ne’matovich Andijon viloyati Oltinko‘l tumani IIB, mayor Xudoyberdiyev Jasurbek Raxmonjonovich Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring