Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«9-rota» filmining aktyori O‘zbekistonga kelmoqda

«9-rota» filmining aktyori O‘zbekistonga kelmoqda

Rossiya teleseriallari yulduzi, kinoaktyor Mixail Porechenkov IV PROlogue xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari ro‘yxatidan joy oldi.

Kinofestival direksiyasidan ma’lum qilinishicha, Mixail Porechenkov boshqa kinoyulduzlar qatorida tadbirning tantanali yopilish marosimida qatnashadi. Bu haqda Yoshlar media markazi xabar qildi. 

Rossiyalik teatr va kino aktyori, kinorejissyor, ssenarist, prodyuser, teleboshlovchi Mixail Porechenkov 1969- yil 2-martda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. Aktyor «Agent natsionalnoy bezopasnosti (Milliy xavfsizlik agenti)» serialidagi bosh roli – Aleksey Nikolayev orqali mashhurlikka erishgan. O‘zbek tomoshabinlariga u Fyodor Bondarchukning O‘zbekistonda suratga olingan «9 rota» filmidagi keksa praporshik Digalo qahramoni orqali yaxshi tanish. 2006-yilda Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan.

PROlogue xalqaro kinofestivali 27 – 30-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, to‘liq va qisqa metrajli badiiy filmlar hamda milliy qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun 280 dan ortiq ish kelib tushgan. Qozog‘iston, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru singari 60 dan ortiq davlatlarning kino olami vakillari PROlogue kinofestivalida qatnashish istagini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring