Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

99 foiz — Saakashvili «toza» gruzin ekan

99 foiz — Saakashvili «toza» gruzin ekan

Foto: «Politeka»

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili yaqinda genealogik DNK-testdan o‘tibdi. Uning shaxsan o‘zi aytishicha, AQShda o‘tkazilgan DNK-tadqiqot siyosatchining deyarli 99 foiz gruzin ekanini ko‘rsatibdi. Bu haqda «Novosti-Gruziya» yozmoqda.

«Qariyb 99 foiz gruzin, 1 foiz grek ekanman. Bu test kamida oxirgi ming yillikda ajdodlaringiz kim bo‘lganini aniqlab beradi. Bilishimcha, ming yillardan beri ajdodlarim boshqa millatlar bilan aralashmagan ekan, yevropalik ayolga uylanib, men bu an’anani buzibman», — deb yozgan Saakashvili «Facebook»dagi sahifasida.

Mixail Saakashvilining qaysi millatga mansubligi uning prezidentlik davrida ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ygandi. Ayrim ommaviy axborot vositalari uning armanligini ta’kidlasa, boshqa birlari ozarbayjon yoki yahudiyligini uqtirardi.

«Genealogical DNA Test» — genealogik test Amerikada ancha ommalashgan. Inson genlarining ayrim qismlarini tadqiq qilish orqali DNK-test uning etnik kelib chiqishini, shajarasi kimlardan boshlanishini aniqlab beradi. Hozir AQShda bunaqa xizmatni yuzlab laboratoriyalar taklif etmoqda, narxi — 100 dollardan 1000 dollargacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring