Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov AQShga boradi va e’tiqod erkinligi tadbirida qatnashadi

Abdulaziz Komilov AQShga boradi va e’tiqod erkinligi tadbirida qatnashadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yilning 21-29 sentyabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Delegatsiya BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida, jumladan E’tiqod erkinligini himoya qilish Global chaqiruvi taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirda, Iqlim ta’sirlari bo‘yicha BMT Sammitida, «Markaziy Osiyo - AQSh» («K5+1») shaklida va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining (OHIChK) vazirlar uchrashuvlarida ishtirok etadi hamda Nyu-York shahrida xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif dasturida Vashington shahrida AQSh rasmiy shaxslari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston-AQSh kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring