Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashadi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashadi

Sputnik

Ertaga, 1-avgust kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.

Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashadi. Tomonlar ikki mamlakat davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishning muhim jihatlarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishlarida belgilab olingan vazifalarni amalga oshirish, Hukumatlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring