Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Qodiriy asarlari hali bunday to‘liq shaklda chop etilmagan edi

Abdulla Qodiriy asarlari hali bunday to‘liq shaklda chop etilmagan edi

Foto: «O‘zA»

Bugun, 7-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Abdulla Qodiriyning besh jildlik «To‘la asarlar»i taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Adibning besh jildlik to‘la asarlar to‘plami yangi va zamonaviy ko‘rinishda nashr etildi. To‘plamni chop etishga mas’ul bo‘lgan Xondamir Qodiriyning aytishicha, ushbu to‘plamni tayyorlashda boshqa nashrlarda kuzatilgan adabiyotshunos olimlar tanqid ostiga olgan xato va kamchiliklar bartaraf etilgan.

Foto: «O‘zA»

To‘plamni adibning eng sevimli asarlaridan biri «O‘tkan kunlar» ochib beradi. «Mehrobdan chayon» keyingi jildda berilgan. «Diyori bakr» va «Obid ketmon» asarlari ham har biri alohida kitob sifatida jamlangan. Yakunlovchi jild «Adibni xotirlab» deb nomlanib, u memuar singari adibning zamondoshlari, izdoshlari, farzandlari va nabiralari tomonidan u haqda bildirilgan fikrlar, arxiv materiallari va xotiralar asosidagi voqea va faktlarni jamlagan.

Shu davrgacha Abdulla Qodiriyning asarlari bunday shaklda to‘liq chop etilmagan edi. Yangi besh jildlikda kitobxon avval o‘qimagan ma’lumotlarni ham topishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring