Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdusalom Azizovga general-leytenant harbiy unvoni berildi

Abdusalom Azizovga general-leytenant harbiy unvoni berildi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring