Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Acer’dan top-mahsulotlar: ta’lim, ish va o‘yin uchun noutbuklar, elektr skuterlar, havo tozalagichlar

Acer’dan top-mahsulotlar: ta’lim, ish va o‘yin uchun noutbuklar, elektr skuterlar, havo tozalagichlar

Ushbu maqolada Acer kompaniyasining qanday yangiliklari O‘zbekiston bozorida mavjud yoki yaqinda paydo bo‘lishi haqida so‘zlaymiz.

24–25 may kunlari Acer kompaniyasi O‘zbekistondagi sheriklariga o‘zining so‘nggi yangiliklarini taqdim etdi va yirik riteyl, ulgurji sotuvlar, savdo nuqtalari, kichik biznes uchun IT yetkazib beruvchilar, tizim integratorlari uchun foydali sheriklik dasturlari joriy etilishi haqida e’lon qildi.

Shourumda Acer’ning top-mahsulotlari namoyish etildi, ular qatorida joriy yil aprel oyida Global matbuot konferensiyasida taqdim qilingan texnikalar ham mavjud edi.

ES SERIES 5 elektr skuteri

ES SERIES 5 elektr skuteri bilan siz avtoturargoh va tirbandlik muammolarini unutasiz. U shahar ichidagi uzoq safarlar uchun maxsus ishlab chiqilgan va bitta zaryadda 65 kilometr bosib o‘ta oladi. Skuter soatiga 25 kilometrgacha tezlashadi, demak mo‘ljaldagi manzilga tezroq yetib borasiz. Ikkilantirilgan amortizatorga ega old ayri va havoli g‘ildiraklar asfalt notekisliklarini bilintirmay, qulay boshqaruvni ta’minlaydi.

Modelning asosiy xususiyatlaridan biri – uning ekologik tozaligi. ES SERIES 5 elektr energiyasida ishlaydi, bu zararli tashlamalar miqdorini qisqartiradi va atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashda yordam beradi.

Acerpure Pro Vero havo tozalagichi

Chang bo‘ronlari davrida nafas olish qiyinlashib, yo‘tal, tomoq qichishi, ko‘zlar yoshlanishi yuzaga kelishini kuzatganmisiz? Buning sababi – nafas olish yo‘llarini qitiqlovchi chang zarralari bo‘lib, ular bronxit chaqirishi yoki kuchaytirishi, terini qichitishi, yurak qon-tomir kasalliklari, ko‘z infeksiyalarini yuzaga keltirishi mumkin.

Uyni zararli zarralardan tozalashda Acerpure Pro Vero yordam beradi. Moslama havo sifatini tahlil qiladi va 99 foizgacha ifloslanishlarni samarali ketkazadi. Takomillashtirilgan 1-da-3 HEPA-filtri uyni g‘ubor, chang, allergen, bakteriya va boshqa aralashmalar, jumladan formaldegiddan samarali xalos qiladi.

Acerpure Pro Vero zamonaviy dizaynga ega, u har qanday intererga uyg‘unlik bilan mos keladi. Ishlashning shovqinsiz rejimi tufayli, moslama g‘ashingizga tegmaydi va uxlab yotgan bolani uyg‘otib yubormaydi.

Ish va ko‘ngil ochish uchun yengil va qudratli noutbuklar

Bugungi kunda inson ofisga tobora kamroq bog‘langan. Ish masalalarini istalgan nuqtada: uyda, qahvaxonada, aeroportning kutish zalida hal qilish mumkin. Ko‘pgina ish beruvchilar moslashuvchan grafik va masofadan ishlashni taklif etadilar. Harakatlanish erkinligini afzal biluvchilarga atab Acer kompaniyasi Swift va TravelMate noutbuklar oilasini ishlab chiqdi. Ularni yengil vazni, ingichka korpusi va istalgan sharoitda to‘laqonli ishlash imkonini beruvchi qudrati ajratib turadi.

Chunonchi, yangi Acer Swift X 16 eng talabchan va resurstalab dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchi grafik dizayn, 3D-rendering va video-tahrir vazifalarini samarali hal qila oladi.

TravelMate oilasi uzoq muddat avtonom ishlay oladi, tezkor zaryadlash va ma’lumotlarning ishonchli himoyasi bilan ta’minlangan. Foydalanuvchi chetlansa, ekran darhol blokka tushadi, shaxsiy himoyalangan diskdan foydalanishga esa, barmoq izi yoki parol orqali ruxsat beriladi. Maxsus Acer Dust Defender texnologiyasi noutbukda chang to‘planishini minimallashtiradi, bu qizib ketish va shikastlanish xatarini kamaytiradi.

Geymerlar va kontent ijodkorlari uchun eng yaxshi yechimlar

Professional geymerlar uchun Acer  Predator noutbuklari oliy toifa oilasini ishlab chiqaradi. Bu yil kompaniya yangi dizayndagi, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi modellarni taqdim etdi. Chunonchi, Predator Triton 17 X, o‘ta qudratli komponentlar tufayli, o‘z segmentidagi eng tezkor noutbuklardan biri bo‘ldi.

Hamyonboproq Nitro geymerlik oilasi noutbuklar, ShK, monitorlarni o‘z ichiga oladi. Acer’ning barcha o‘yin qurilmalari yuqori unumdorligi, tasvirning to‘yinganligi va tiniqligi, o‘zining qudratli sovutish tizimi bilan ajralib turadi.

Kompaniya  maxsus datchiklar va real vaqt rejimida rendering yordamida ekran tashqarisidagi uch o‘lchamli ob’yektlarni generatsiyalash imkonini beruvchi SpatialLabs innovatsion texnologiyasini rivojlantirishda davom etadi. Bu o‘yinchilarga VR-ko‘zoynaklarsiz sevimli olamlarga sho‘ng‘ishning mutlaqo yangi darajasini taqdim etadi.

Kontent ijodkorlari SpatialLabs yordamida bitta tugmani bosish orqali loyihani 2D dan 3D-formatga o‘tkazishlari, shuningdek foto va videodan uch o‘lchamli modellar yaratishlari mumkin.

Acer noutbuklari mintaqadagi B2G segmenti yetakchilari

Acer noutbuklari — mintaqadagi B2G segmenti yetakchilari. Kompaniya Gruziya, Qozog‘iston, BAA ta’lim vazirliklarining maktablar va boshqa o‘quv muassasalariga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tenderlarida muntazam g‘olib keladi.

B2G segmentidagi eng mashhur oila – TravelMate B Series. Bu noutbuklar interaktiv ta’lim uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi, bitta zaryadda 9-12 soatgacha ishlashga qodir, chidamlilik xarakteristikalariga ko‘ra AQSh harbiy standartlariga muvofiq keladi. Xohishga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha foydali funksiyalar kiritishi mumkin: masalan, bolalarga monitordan optimal masofada o‘tirishni eslatib turadi.

Shuningdek, Acer Chromebook noutbuklari ham talabgir sanaladi. Ular foydalanishda sodda, tezda ishga tushadi va intuitiv tushunarli intrefeysga ega, bu o‘quvchilar va o‘qituvchilarga texnik jihatlar emas, o‘quv jarayoniga diqqatni jamlash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring