Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Achamaylida bir haydovchi ikki ayol piyodani urib yubordi

Achamaylida bir haydovchi ikki ayol piyodani urib yubordi

Foto: «smollenta.ru»

«Yuzda yurma, yuzga kir» naqli bejiz aytilmagan. Xuddi shuningdek, piyodalar ham yo‘lda yurganida ehtiyotkor bo‘lishi, yo‘lni kesib o‘tayotganida harakat qoidalariga amal qilishi zarurligi bot-bot uqtirilmoqda. Lekin...

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 15-yanvar kuni tunda 1986-yilda tug‘ilgan X.P. o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinasini Bo‘ka shahar markazi tomonidan Achamayli mahallasi tomonga ichki yo‘l orqali boshqarayotib, piyodalar — uy bekalari — 1979-yilda tug‘ilgan, G.D. va 1979-yilda tug‘ilgan N.M.ni urib yuborgan.

Oqibatda G.D. «chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi» va N.M. «chap chakka sohasi yirtilgan, chap oyoq boldir suyagi yopiq sinishi» tashxislari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda surishtiruv-tergov ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring