Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston bilan bojxona bo‘yicha muhim bitim kuchga kirdi

Afg‘oniston bilan bojxona bo‘yicha muhim bitim kuchga kirdi

Foto: «Vopros-otvet»

Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida 2017-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi bojxona ishlarida o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim 2018-yilning 23-mart kuni kuchga kirdi.

Ushbu bitim qoidalariga muvofiq, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, bojxona hujjatlarini tan olish va ikki davlat bojxona idoralari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish niyatida axborot almashinuvining elektron vositalarini qo‘llash uchun tomonlar barcha zarur choralarni ko‘radilar.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, hujjat kontrabanda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, shuningdek, ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi tomonlarning birgalikda oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmini yaratishni nazarda tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring