Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda qurolli to‘qnashuv: 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda qurolli to‘qnashuv: 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: «aa.com»

Afg‘onistonning Zabul viloyatida «Tolibon» jangarilari va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida chiqqan qurolli to‘qnashuv oqibatida 10 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Zabul tumani mahalliy kengashi raisi Ato Jon Haqbayonning ma’lum qilishicha, jangarilar Zabul Atgar tumani markaziga hujum uyushtirgan. Xavfsizlik kuchlari ularga qarshilik qilgani tufayli qurolli to‘qnashuv kelib chiqqan.

Qurolli to‘qnashuvda 10 harbiy halok bo‘lgan, 12 nafari yaralangan.

«Tolibon» esa to‘qnashuvda 38 harbiy halok bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring