Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afrikalik Gitler ismini o‘zgartirdi

Afrikalik Gitler ismini o‘zgartirdi

Foto : Ompundja Constituency Councilor

Ilgari Adolf Gitler Uunona nomi bilan tanilgan namibiyalik siyosatchi Ompunja okrugida o‘tkazilgan hududiy saylovda beshinchi marta g‘alaba qozondi. Ovozlarning 89,6 foizini to‘plagan siyosatchi yana hududiy kengash a’zosiga aylandi.

Avvalroq u otasi qo‘ygan ismning ikkinchi qismi — «Gitler»dan voz kechgandi. Endi uning ismi va familiyasi Adolf Uunona. Namibian Broadcasting Corporation efiridagi chiqishida u hadeb diktator Adolf Gitler va natsistlar Germaniyasiga aloqasi yo‘qligini aytishdan charchaganini ta’kidlagandi.

Shov-shuv ortidan quvgan nashrlar unga tinchlik bermaydi. Uunona barchasiga nuqta qo‘ymoqchi.

«Siyosiy intilishlarimga xalaqit beruvchi ismlar bilan bog‘lashlarini istamayman», — dedi u BILD nashri bilan suhbatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring