Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AI-91 rusumli benzin narxi talabga qarab o‘zgarib turadi

AI-91 rusumli benzin narxi talabga qarab o‘zgarib turadi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi. Bu qanday amalga oshirilishi haqida O‘zRTXB saytida xabar qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi» 633-son qarori bunga asos bo‘ldi.

Avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etadi. Narx bozor kon’yunkturasi, talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

«O‘zRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilar qatoriga AYoQShdan tashqari, benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari benzin sotuvchilar sifatida qatnashadi.

2019-yilning 7 oyi davomida «O‘zRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd so‘mlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Uning asosiy sotuvchi-korxonalarining boshlang‘ich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming so‘mni, o‘rtacha narxlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Xaridorlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinning birja savdolariga qo‘yilish hajmlarining ko‘paytirilishi kutilmoqda.

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurlari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «O‘zRTXB» AJning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring