Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri «Veon» kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

AKT vaziri «Veon» kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Bugun, 30-sentyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Veon» kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilgani ta’kidlandi.

«Veon» kompaniyalar guruhining «Raqamli O‘zbekiston – 2030» doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarda ishtirok etish masalalari, jumladan IT tadbirkorlikni rivojlantirish, IT parklar faoliyatini takomillashtirish, AKT sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring