Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alkimyogar» muallifi Kobi Brayant bilan birga yozayotgan kitobi qo‘lyozmasini o‘chirib tashladi

«Alkimyogar» muallifi Kobi Brayant bilan birga yozayotgan kitobi qo‘lyozmasini o‘chirib tashladi

Foto: «Apostrof»

Yozuvchi Paulo Koelo NBA afsonasi Kobi Brayant bilan birga bolalar uchun yozayotgan kitobi qo‘lyozmasini o‘chirib tashladi. Eslatib o‘tamiz, Kobi Brayant yaqinda Kaliforniyada vertolyot halokati oqibatida halok bo‘lgandi.

«Sen shunchaki buyuk o‘yinchi emasding, azizim Kobi Brayant. Sen bilan muloqotlarda ko‘p narsani o‘rgandim. Qo‘lyozmani hoziroq o‘chirib tashladim, bu kitob ahamiyatini yo‘qotdi», — deb yozdi Koelo «Twitter»da.

«Alkimyogar» muallifiga ko‘ra, kitob g‘oyasi qarovsiz oilalar farzandlarini sport yordamida saodatga eltish edi.

«Biroq bu menga Kobidan o‘rganganlarim, u qanchalik buyuk inson bo‘lgani haqida kitob yozishimga xalaqit bermaydi, — qo‘shimcha qildi yozuvi. —  Biroq usiz bolalar uchun kitob yozishning ahamiyati qolmadi».

Kobi Brayant sportdan ketgach, o‘z avtobiografiyasini va kattalar uchun fentezi janrida kitoblarni chop etgan edi. Brayant Koeloning «Alkimyogar»i muxlislaridan sanalib, boshqa sportchilarga ham o‘qishni mudom tavsiya qilib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring