Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘rnatilgan kameralar qanday qoidabuzarliklarni qayd etadi?

Andijonda o‘rnatilgan kameralar qanday qoidabuzarliklarni qayd etadi?

Foto: «Sof.uz»

Andijon viloyatining transport vositalari serqatnov bo‘lgan chorrahalariga 94 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi hamda ular shu yilning 1-iyun kunidan boshlab qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etishni boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kameralar svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlangan, uzluksiz chiziqni bosgan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan hamda to‘xtab turish ta’qiqlanadi yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmagan haydovchilar boshqaruvidagi avtomototransport vositalarini qayd etib borishi rejalashtirilgan.

Videokuzatuv kameralari Andijon shahri hududidagi yettita, ya’ni A.Temur-A.Navoiy, A.Temur-Bobur, Mashrab-Lermontov, O‘zbekiston-Furqat, O‘zbekiston-Bobur, Cho‘lpon shohko‘chasi, Mustaqillik va Bobur-Yu.Otabekov ko‘chalari kesishgan chorrahalariga o‘rnatildi. 1-iyun kunigacha kameralar sinov tarzida ishlatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining eslatishicha, qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritilgan.

Harakat ishtirokchilari shuni unutmasliklari kerakki, qonunlar kimnidur jazolash uchun emas, balki yo‘llarimizda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilinadi, - deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring