Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda IIB xodimlari hibsga olindi. Holat o‘ta jiddiy ko‘rinadi

Andijonda IIB xodimlari hibsga olindi. Holat o‘ta jiddiy ko‘rinadi

Qator ommaviy axborot vositalarida Andijon viloyat IIBning  ayrim xodimlari hibsga olingani haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, hibsga olinganlar viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining xodimlari bo‘lib, ularga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 206- (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234- (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgani, shuningdek, tegishli tergov harakatlarini o‘tkazish ushbu mahkamaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasiga yuklatilishi ichki ishlar xodimlarining qilmishi o‘ta jiddiy ekanidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda ichki ishlar tizimida xizmat qilgan 174 nafar xodim sodir etgan turli jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring