Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda irrigatsiya tizimiga tegishli yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda irrigatsiya tizimiga tegishli yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ob’yekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytgan. Shundan 18 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring