Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ulfatlarning ichkilik bazmi ayanchli tugadi

Andijonda ulfatlarning ichkilik bazmi ayanchli tugadi

Foto: «kp.ru»

2019 yil 20 mart kuni Andijon shahar O‘zbegim mahallasida ikki ulfatning birga ichkilik ichishi ayanchli yakunlandi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bu haqda xabar berib o‘tdi.

O‘zbegim mahallasida joylashgan binoda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan, Toshkent ko‘chasida yashovchi B.Z. Andijon tumani Ogullik mahallasida yashagan D.E. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli B.Z.,ulfati D.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada D.E. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Z. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring