Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi gaz portlashida bir ayol 5 nevarasi bilan jabrlandi

Andijondagi gaz portlashida bir ayol 5 nevarasi bilan jabrlandi

Arxiv surat

Andijon tumanida shu yil 3-noyabr kuni “Qurama” MFYda yashovchi 65 yoshli ayol (ismi aytilmagan) uyida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol isitish pechini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida pech ichida to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada ayol va u bilan birga yashovchi voyaga yetmagan 5 nafar nabirasi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring