Angliya kubogi: markaziy o‘yinda «Manchester Siti» va «Liverpul» to‘qnashadi
Angliya Kubogi (FA Cup) 2025/2026-yilgi mavsumi chorak final bosqichiga qur’a tashlandi.
Ushbu bosqichning markaziy o‘yinida «Manchester Siti» va «Liverpul» to‘qnashadi.
1/4 finalning barcha juftliklari:
- «Manchester Siti» — «Liverpul»
- «Sauthempton» — «Arsenal»
- «Chelsi» — «Port Veyl»
- «Vest Hem» yoki «Brentford» — «Lids» («Vest Hem» va «Brentford» juftligi g‘olibi «Lids»ga qarshi to‘p suradi)
Chorak final bahslari 2026-yil 4-5-aprel kunlariga belgilangan.
Quyi liga vakili «Port Veyl» musobaqada qolgan eng zaif (reyting bo‘yicha) jamoa bo‘lib, «Chelsi»ga qarshi safarda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mavsum (2024/2025) g‘olibi «Kristal Pelas» hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter