Angren shahri hokimi 44 yoshida vafot etdi
Angren shahri hokimi Nuritdin Abdurahimov bugun ertalab vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda «Oltin voha» kanali xabar tarqatdi.
O‘lim sababi infarkt ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hokim shu yilning yanvar oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.
Nuriddin Abdurahimov 1978-yili Piskent tumanida tug‘ilgan. Angren shahri hokimi etib tayinlanguniga qadar Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter