Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» to‘liq muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tdi

«Apple» to‘liq muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tdi

Foto: «ITC.ua»

O‘tgan hafta «Google» kompaniyasi 2017-yilning oxiridan buyon barcha global operatsiyalar mutlaq qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga amalga oshayotganini ma’lum qilgandi. Oradan bir hafta o‘tib «Apple» ham xuddi shu kabi bayonot bilan chiqdi, deb xabar beradi «ITC.ua».

Eslatib o‘tish kerakki, «Apple» bundan ikki yil oldin o‘zining 93 foiz korxonalarida tabiiy elektr energiyasidan foydalanayotganini ma’lum qilgandi.

Foto: «ITC.ua»

«Google» kabi «Apple» kompaniyasi ham 100 foiz o‘zini qayta tiklanuvchi elektr energiyasi bilan ta’minlamaydi, zarur hajmlarni boshqa kompaniyalardan sotib olishga majbur. Ya’ni ofislar, do‘konlar va boshqa ob’yektlar shahar elektrotarmoqlaridan foydalanadi. Biroq «iflos» elektr energiyasi «toza» bilan kompensatsiya qilinadi. Shu bilan birga «Apple» «toza» elektr energiyasidan foydalanibgina qolmay, unga bog‘liq infratuzilmalarni rivojlantirayotganini ham ta’kidlagan.

Kompaniya ixtiyorida butun dunyo bo‘ylab qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradigan 25 ta ob’yekt mavjud. Ular dunyoning 43 mamlakatidagi kompaniya tashkilotlariga 626 megavatt energiya yetkazib beradi, shundan 286 megavatti quyosh energiyasi hisobiga to‘g‘ri keladi.

«Apple»ning aytishicha, kompaniya qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tganidan buyon butun dunyo bo‘ylab havoga chiqaradigan karbonat angidrid miqdori 54 foizga qisqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring