Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh gipertovushli qurol yaratishdan nega voz kechyapti?

AQSh gipertovushli qurol yaratishdan nega voz kechyapti?

Foto: «defensenews.com»

AQSh Harbiy havo kuchlari gipertovushli qurol ishlab chiqaruvchi ikkita asosiy dasturdan birini yopdi, deya xabar berdi «Defense News» portali.

HCSW (Hypersonic Conventional Strike Weapon) – «Gipertovushli konvensional zarbali qurol» loyihasi yopildi. Harbiy havo kuchlari vakili Enn Stefanekning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror qandaydir texnik muammolar emas, budjetni cheklash bilan bog‘liq.

Harbiy havo kuchlari rahbariyati barcha mablag‘ni ARRW (Air-Launched Rapid Response — Havodagi zarbaga tez javob qaytaruvchi qurol) dasturini rivojlantirishga yo‘naltirishga qaror qildi. U uchuvchi apparatning noyob dizaynli tizimini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

ARRW loyihasi ilk natijalarini 2022-yilda berishi kutilmoqda. Ikkala dasturni ham «Lockheed Martin» harbiy-sanoat korporatsiyasi rivojlantirgan.

2021-moliyaviy yilda AQSh Harbiy havo kuchlari gipertovushli qurol prototiplarini yaratishga jami 382 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bir yil ichida mazkur dastur budjeti 194 millionga qisqargan.

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressga 2021-yilda ushbu maqsadlarda 3,2 milliard dollar ajratishni taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring